Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining ishchi guruhi Davlatobod tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi
Ishchi guruhi navbatdagi o‘rganishlari Davlatobod tumanida davom etib, "Yangi tong" va "Orzu" mahallalari yettiligi va ichki ishlar bo‘limi xodimlarining mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash, tuman hududini jinoyatdan xoli hududga aylantirish va aholi bilan manzilli ishlarni tashkil etish yuzasidan amalga oshirgan ishlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlarda "Yangi tong" mahallasi hududida sodir etilgan oila-turmush doirasidagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi. Kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha yettilik va mahallaga biriktirilgan xodimlarning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, ichki ishlar bo‘limi xodimlarning faoliyati va ish hujjatlari muhokama qilinib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ijrosida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullar qatʼiy ravishda ogohlantirildi.
Ishchi guruhning bu kabi o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati