Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining safdorlar tarkibidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Namangan viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 175 (bir yuz yetmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan;
- IIV yoki harbiy akademik litseylarni tamomlaganlar;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar.
Saralash bosqichida quyidagi nomzodlarga alohida imtiyozlar belgilangan:
- Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli (qizil) diplom bilan tamomlagan;
- ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganlar;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan;
- Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;
- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali 2025-yilning 23-aprel kunidan 5-may kuniga qadar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni kb.iiv.uz sayti, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda telegram messendjeridagi @nomzod2020 manzili yoki 69-210-32-06 va 95-707-85-86 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati