29 Yanvar 2025 yil 3233

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasining sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jahongir Ibodov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ekspert kriminalistika markazi xodimlari tomonidan o‘tgan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorining mazmun-mohiyati hamda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yetkazildi.

Shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyati davomidagi natijalari, ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z borib, ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar tergov boshqarmasining esdalik qo‘l soati, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech