5 Avgust 2025 yil 503

Namangan viloyat prokurorining viloyat aholisiga murojaati

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli otaxon va onaxonlar!

Mamlakatimizda, shu jumladan viloyatimizda jinoyatchilikni jilovlash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan boshqa sohalar qatori ushbu muhim yo‘nalishda ham yangi – yangi tashabbuslar qilinmoqda, yangicha ish tizimi joriy etilmoqda va bu ishlar bizning jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha dunyoqarashimizni ham, ishga yondashuvimizni ham, ishimiz samaradorligini ham tubdan o‘zgartirdi.

Ayniqsa, joriy yilda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ikkita, 1 va 111 – sonli muhim Qarorlari qabul qilinib, aniq vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari  birma - bir  belgilab berildi.

Prezidentimiz tashabbuslari asosida viloyat va tumanlarda mening rahbarligimda shtab va ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Mazkur ishchi guruhlar tomonidan har bir sodir etilgan jinoyatning sabab va omillari chuqur tahlil qilingan holda bu kabi salbiy holatlarni kelgusida oldini olishga qaratilgan aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha hududlarni o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mahallada choraklik “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda, 1 va 2-chorak “Yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanib, tegishli chora – tadbirlar ko‘rildi.

Hozirda, 3-chorak uchun manzilli “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Albatta, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan tizimli  islohotlar  o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, joriy yilning 1-yarmi yakuni bo‘yicha oldini olish mumkin bo‘lgan, qotillik, talonchilik, firibgarlik, bezorilik jinoyatlari hamda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l – trasport xodisalari kamaydi.

Shunday bo‘lsada, jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha bir necha bor bong urilyapti.

Shunga qaramasdan, viloyatimiz aholisi tomonidan yon atroflarida bo‘layotgan xodisalarga daxldorlik xissi yetarli bo‘lmayotganligi   achinarlidir.

Jumladan, joriy yilning 1-yarmida jami 1.643 ta o‘g‘rilik jinoyatlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 519 (MFYda 475 ta)  tasining oldini olish mumkin edi.

Ularning 214 (13,3 %) tasi yashash xonadonlari va savdo shaxobchalarini qarovsiz qoldirilganligi hamda ularni texnik qo‘riqlovga olinmaganligi;

- 57 tasi (3,5 %) avtotransport vositalarini belgilanmagan joylarda   ochiq   holatda   tashlab   ketilganligi;

- 65 tasi (3,9 %) fuqarolarning beparvoligidan foydalanib, savdo markazlari, bozorlar, bekatlar, avtobuslar yoki odam gavjum   joylarda telefonlarni o‘g‘rilash holatlari;

- 54 tasi (3,3 %) aholi tomonidan chorva hayvonlarini dala va   adirlarga tashlab eʼtiborsiz qo‘yganligi;

- 20 tasi (1,3 %) bolalar arvachalari, velosiped va skuterlarni ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarida nazoratsiz qoldirganliklari oqibatida sodir etilgan.

Shunday ekan, barcha fuqarolarimizni o‘zining mulkiga nisbatan yana bir bor ogohlikka chaqiramiz!!!

Hurmatli  yurtdoshlar!

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralarida ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina  tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.

Eʼtibor beringlar,

O‘g‘rilikning asosiy salmog‘i, internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolarga har xil turdagi taʼsir o‘tkazish yo‘li bilan hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini egallash orqali ularning bir necha oy va yillab topgan pul mablag‘lari talon-toroj qilinmoqda.

Viloyatdagi jami o‘g‘irliklarning 63,6 foizini (1.046 ta) kiber o‘g‘irlik jinoyatlarini tashkil etdi.

Misol uchun, joriy yilning o‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan yechib olish holatlari yuzasidan 1.046 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Oqibatda esa, fuqarolarga 5,1 mlrd. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani  aniqlandi.

So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.

Aziz vatandoshlar!

Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 va 111 - sonli qarorlari asosida viloyatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul idoralardan kunlik so‘rov o‘tkazish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu jinoyatlarning sodir bo‘lishiga bir necha omillar sabab
bo‘lmoqda.

Mazkur muammolarni bartaraf etish va jinoyatlarning oldini olish maqsadida prokuratura organlari tomonidan bir qator profilaktik nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, jami 754 ta mahallada kriminogen vaziyati og‘ir 105 tasiga masʼul rahbarlar nomma - nom biriktirilib, manzilli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Yo‘l xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylari, ko‘p qavatli uylarning hovlisi, mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylari, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi jami 6.750 ga yaqin kameralar o‘rnatildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 1.990 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 380 dan ortiq tashvish tugmalari qo‘yildi.

Bundan tashqari, 1.578 ta savdo muassasalari va qariyb 8.500  ta  xonadonlar tezkor qo‘riqlovga  olindi.

Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 7.500 ga yaqin stikerlar joylashtirildi.

705 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 1.685 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etilib, ichki yo‘l va ko‘chalar 4.000 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.

Albatta, bu ishlarimiz ham natija beryapti, lekin shunday bo‘lsada bu kabi jinoyatlar hanuzgacha qayd etilmoqda.

Shu munosabat bilan, Siz hurmatli fuqarolarimizga murojaat qilgan holda quyidagi profilaktik choralarni ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.

Soxta qo‘ng‘iroqlardan ogoh bo‘ling! “O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi yoki bank xodimi” - deb tanishtirgan shaxslarning shubhali qo‘ng‘iroq va ovozli xabarlariga ishonib, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!

Noodatiy parollar yarating!  Kuchli – uzun, harf, raqam va belgi aralashmasidan iborat parol yarating, himoya kodlarini notanish shaxslarga ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qilmang!

Aniq manzilga va subyektga ega bo‘lmagan zararli xabar va havolalardan saqlaning ! - “Hurmatli foydalanuvchi, Siz sovrin yutib oldingiz” -  bunday so‘zlarga ishonmang!

Jamoat joyida mavjud WI-FI qurilmalaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘ling! - Internet orqali shaxsingizga oid maʼlumotlar bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarmang!

Onlayn savdo platformalarida mahsulotni shaxsan qabul qilmasdan oldin to‘lovlar amalga oshirmang!

Xorijga ishga yuborish hamda har xil turdagi pul mablag‘larini ko‘paytirish haqidagi reklamalarning yolg‘on vaʼdalariga ishonib qolmang!

Qadrli yurtdoshlar!

Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz xushyorlikni oshirishimiz, shubhali internet ilovalariga kirmaslik, notanish shaxslarga hisob raqamlar va tasdiqlash kodlarini bermaslik, mol - mulklarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi haqida yana bir bor  ogohlantirib o‘tmoqchiman.

Aziz vatandoshlar, keling, barchamiz shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik!

Namangan viloyat prokurori U.M.Madraximov

Text to speech