Namangan viloyat IIBda sakkiz oylik jinoyatchilik ahvoli muhokama qilindi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shahar va tuman IIB rahbariyati ishtirok etdi. Unda joriy yilning sakkiz oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilik ahvoli, kriminogen vaziyat, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash, jinoyatlarni fosh etish, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda “Xavfsiz kibermakon” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, bunga yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbar va xodimlar qat’iy ogohlantirildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari, “Xavfsiz kibermakon” oyligi doirasida kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati