Namangan viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi
IIV Namangan Akademik litseyida tashkil etilgan seminarda markaz xodimlari uchun jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlar, yaʼni kriminalistika metodlaridan foydalanish, voqea joyini ko‘zdan kechirish hamda ashyoviy dalillarni olib qo‘yish va qayd etish tartibi kabi mavzular yuzasidan amaliy va nazariy mashg‘ulotlar olib borildi. Bu borada raqamli texnologiyalar va ilmiy-texnik vositalardan samarali foydalanish hamda ekspert-tadqiqot ishlarini olib borishda eng ilg‘or tajribalarga tayangan holda ish yuritish zarurligi tushuntirildi.
Bu kabi o‘quv seminarlar ekspert-kriminalistika yo‘nalishlari bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi, bu esa xodimlarning kasbiy mahoratlarini yana-da ortishiga xizmat qiladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati