27 Aprel 2023 yil 647

Namangan viloyatining 3-sektori hisoblangan Pop tumanida viloyat IIB boshlg‘ining topshirig‘iga asosan yoshlar bilan yangicha usuli amaliyotga tadbiq etildi.

Bugungi kunda, Pop tumanida 230 ming nafar aholi istiqomat qilib, shundan, 51 ming 876 nafari yoki 22,5 foizi 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi. Tumanning 77 ta mahallasida “Yoshlar balansi” asosida 51 ming 876 nafar (14-30 yosh) yoshlar qayta tahlil etildi. Balans asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va ularning muammolari xususiyatidan kelib chiqqan holda har bir yoshlar bilan individual ishlash tizimi yaratilib, ularning 23 866 nafari yashil 28 010 nafari sariq toifaga kiruvchi yoshlarni tashkil etadi. Mazkur yoshlar ichidan 1 599 nafar qizil toifaga kiruvchi yoshlarni ajratib olindi. Qizil toifaga kiruvchi, ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy “Yo‘l xaritasi” tumandagi sektorlar kesimida yoshlar yetakchilariga seminar tariqasida tushuntirildi. Mazkur yo‘l xaritasi yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ularni tadbirkorlik hamda IT sohasiga o‘qitilishni, yoshlarni mavjud muammolarini hal etishni, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni o‘z ichiga qamrab olgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech