Namangan viloyatida o'tkazilayotgan test sinovlari davomida jamoat tartibi va xavfsizligi ta'minlanmoqda
Ma'lumki ayni vaqtda butun mamlakatimiz bo‘ylab oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qabul imtixonlari o‘tkazilmoqda. Namangan viloyatida ham Uchta ob'ektda test imtixonlarinini topishirish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hodimlari tomonidan imtixonlar vaqtida jamoat tartibini saqlash, transport vositaria qatnovini nazorat qilish, Karantin qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash va boshqa belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Namangan shaxrida joylashgan uchta obektda 1 smenada jami 3.240 nafar abiturient test sinovlari topshirishlari ko‘zda tutilgan.
Test imtixonlariga 61.135 nafar abiturientlar hujjat topshirgan bo‘lib, 10 kun davomida 2-smenada test sinovlarini yakunlash imkoniyati yaratilgan.
Test sinovlarini o‘tkazish davrida IIB, MG va FVBning kuch-vositalar qo‘shma-taqsimoti ishlab chiqildi.
Taqsimotga ko‘ra, davlat test sinovlarini o‘tkazish davrida biriktirilgan shaxsiy tarkib, aloqa vositalari, metallodetektorlar, avtotransport, xizmat itlaridan foydalanishlari ko‘zda tutilgan.
Test sinovlari o‘tkaziladigan 3 ta ob'ektlarning xar birida 1 tadan nazorat o‘tkazish joylari tashkil etilgan bo‘lib, abiturientlarni sinchkovlik bilan tekshirib kiritilishi maqsadida yetarli miqdorda IIB, MG, FVB xamda ayol xodimalar jalb etildi.
Xozirgi kunga qadar, oliy ta'lim muassasalariga davlat test imtixonlarini topshirish lozim bo‘lgan 9.720 nafar abiturientlardan
8.909 nafari imtixonlarda qatnashdi, 811 nafari turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi, 10 nafar abiturient olib kirish ta'qiqlangan buyumlar bilan kirganligi uchun hamda 5 nafari tana xarorati 37.5dan yuqori bo‘lganligi uchun imtixonlardan chetlatildi. Shu o‘rinda test imtonlari qatnashuvchilariga eslatma Ani vaqtda jarayonlar to‘liq kamera nazoratida, qolaversa, nazorat o‘tish joyida qatiy tekshiruv yo‘lga qo‘yilgan. Taqiqlangan vositalarni ishlatib qo‘lga tushsangiz imtixondan chetlatib keyingi yilni kutishingiga to‘g‘ri keladi.
Test sinovlari davomida huquqni muxofaza qilish organlarining o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishlari imtixonlarning shaffof va adolatli o‘tishiga xissa qo‘shadi.
Namangan IIB Axborot xizmati