Namangan viloyatida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari huzurida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayev Chortoq tumanidagi Madaniyat saroyida sektor rahbarlari, mahalladagi beshlik (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari) faoliyatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar davomida, mahallada jinoyatlarni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumani “Qo‘riq” mahallasi hududida tashkil etilgan yangi “imtihon olish markazi”ga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Ushbu markazda haydovchilarni imtihonga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish zamonaviy texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati