25 Mart 2023 yil 565

Namangan viloyati IIB MMI va KBTX tomonidan boshqarma hamda uning sohaviy xizmatlarida faoliyat yurituvchi xodimlari ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining formali kiyim-boshlarini o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati IIB MMI va KBTX tomonidan boshqarma, uning sohaviy xizmatlari va hududiy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi shaxsiy tarkib ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi. Dastlab, xodimlarning formali kiyim-boshni kiyish tartibi, xizmat guvohnomasi va biriktirilgan boshqa buyumlarning mavjudligi tekshirildi. Shundan so‘ng saf tayyorgarligi o‘tkazilib, shaxsiy tarkibning safda yurish ko‘nikmalari oshirildi. Saf ko‘rigi yakunida boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarga forma kiyish tartibini buzmagan holda hushyor va sergak xizmat olib borish lozimligi tushuntirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech