24 Mart 2022 yil 371

Namangan viloyati IIBga biriktirilgan Kosonsoy tumanidagi 45-sonli maxsus maktab internatida “Navro‘z” munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.

Kosonsoy tumanidagi viloyat IIBga biriktirilgan 45-sonli maxsus maktab internatida sport, madaniy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi. «Navro‘z» bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari qatnashishdi. Tadbir qatnashchilari dastlab maktab hududidagi yer maydoniga “Yashil makon” akiyasida doirasida manzarali ko‘chatlarni ekishdi. Maxsus maktab internatida tahsil olayotgan yigit qizlarning xar biri o‘ziga xos qobilyatga ega. Ular o‘rtasidagi milliy o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar ham qizg‘in tus oldi.

Shaxmat va shashka, yengil atletika va va 3-sektor gandbolchi qizlar jamoasi o‘yinlari ham bayramona kayfiyatni yangi bosqichga ko‘tardi.

“Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi va “Hush kelibsan Bahorim” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi esa tasviriy sanat ixlosmandlari hamda bu yo‘nalishga qiziquvchi yoshlar uchun chinakam ijodiy maydon vazifasini o‘tadi.

“Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi” munosabati bilan maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida mushoira, bahru bayt esa she'riyat ixlosmandlarini bir yerga jamladi.

Ko‘tarinki ruxda o‘tgan tadbir so‘ngida 263 nafar o‘quvchi yigit va qizlarning har biriga maktab formalari, o‘qituvchi va texnik xodimlarining har biriga sovg‘alar berildi. Maktab jamoasiga esa sport anjomlari topshirildi.

Chinakam iste'dod egalari jam bo‘lgan maktabda musiqiy tadbirlar davom ettirilib, o‘quvchilar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlari ishtirokchilarni ko‘ngillarini shod etildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech