Namangan viloyati IIBda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda yurtimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlarda nuroniy va mehnat faxriylarimizning o‘rni beqiyos.
Namangan viloyati IIBda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligida videoselektor shaklida olib borilgan yig‘ilishda boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari, faxriy xodimlar, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikromov Bo‘stonliq tuman IIB studiyasidan ishtirok etdi.
Uchrashuvda keksa avlod vakillari bilan dildan suhbat qurildi, ularga qonun loyihasining mazmun-mohiyati Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi masʼul xodimi tomonidan yana-da chuqurroq tushuntirildi. Ishtirokchilar qonun loyihasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Shu bilan birgalikda mehnat faxriylarining muammolari va takliflari tinglandi.
Nuroniylar bunday yuksak eʼtibor uchun Prezidentimizga, vazirlik rahbariyatiga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar. Yosh avlodni tarbiyalash, mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, oila-turmush masalalaridagi muammolarni hal etishda yana-da faollikni oshirishga kelishib olindi.