23 Iyun 2021 yil 722

Namangan viloyati IIBda kursantlarga ish o‘rganish amaliyoti boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 1-2-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyotini yuqori saviyada o‘tkazish hamda bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Namangan viloyati IIB majlislar zalida tezkor ig‘ilish o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 1-2-o‘quv kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyotini yuqori saviyada o‘tkazish hamda bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Namangan viloyati IIB majlislar zalida tezkor ig‘ilish o‘tkazildi. Unda Boshqarma Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha O‘MIB tezkor vakili, Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimlari va IIV Akademiyasi kunduzgi ta'lim 1-2 o‘quv kursining 94 nafar tinglovchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda dastlab, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.A.Mamatkulov so‘z olib, kursantlarga tanlagan sohalarining mashaqqati va mas'uliyati haqida alohida ta'kidladi. Shu bois ish o‘rganish amaliyoti davomida kursantlar tartib-intizomga qat'iy rioya etishlari zarurligi, ularga viloyat IIBning buyrug‘i bilan yuqori malakali rahbar xodimlarni murabbiy etib biriktirilganligi, har bir kursant amaliyot davomida murabbiyni yaxshi hislatlarini o‘rganib, o‘ziga tajriba orttirishi kerakligi, shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlikning me'yoriy buyruqlarini o‘rganish lozimligi, ayniqsa fuqarolar bilan hushmuomalada bo‘lish, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi kursantlar tomonidan MFYda ish tashkil etish tartibi, profilaktika inspektorlarining halq oldida hisobot berishi, ishsizlarni ishga joylashtirish, bandlikni ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyat sodir bo‘lganda voqea joyiga chiqish va hujjatlarni rasmiylashtirish, ashyoviy dalillarni yig‘ish borasidagi ishlarni o‘rganish zarurligi tushuntirildi. 
Shundan so‘ng Yig‘ilishda boshqarma Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va O‘XB O‘MIB tezkor vakili kursantlarga xizmat vakolatidan chetga chiqmaslik, forma kiyish qoidalariga to‘la rioya qilish shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarmaslik va boshqa huquq hamda burchlari bilan tanishtirishdi. Yig‘ilish yakunida kursantlarga biriktirilgan murabbiylarning vazifasi to‘la tushuntirilib, ularning to‘laqonli bajarilishini aloxida nazoratga olish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. 

Namangan viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi

Text to speech