15 Iyul 2023 yil 667

Namangan viloyati IIBda IIV Akademiyasi 1 va 2-o‘quv kursi kursantlarining o‘quv-tanishuv hamda ish o‘rganish amaliyoti yakuni bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 15 iyul kuni Namangan viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼrifat zalida boshqarma rahbariyati huzurida sohaviy xizmat masʼul xodimlari, IIV Akademiyasi vakillari va amaliyot o‘tash uchun kelgan 1 va 2-kursi kursantlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, IIV Akademiyasi o‘qituvchisi so‘z olib, kursantlarning amaliyot o‘tash davridagi faoliyati, nazariy bilimlarning amaldagi ijrosi, shuningdek, berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilgani haqida to‘xtaldi. Amaliyot davrida xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygan kursantlar qatʼiy ogohlantirilib, ulardan kelgusida har bir vazifaga masʼuliyat bilan yondashish talab etildi.

Shundan so‘ng, kursantlardan amaliyot yakuni bo‘yicha boshqarma sohaviy xizmatlari malakali xodimlaridan iborat komissiya ishtirokida sinov qabul qilindi. Har bir kursantning faoliyatiga komissiya aʼzolari tomonidan xolisona baho berilib, xizmat tavsifnomalari IIV Akademiyasiga yuborilishi belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech