Namangan viloyati IIB JXX XPB xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashni yangicha usuli amaliyotga tatbiq etildi. Topshiriqqa ko‘ra Namangan viloyatining 788 ta mahallasida “Yoshlar balansi” asosida 665 ming 381 nafar yoshlar faoliyati tahlil etildi. Mazkur ishlarining uzviy davomi sifatida viloyat IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi xodimlari, Nam.DU profilaktika inspektorlari, Universitet masʼul xodimlari bilan hamkorlikda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda yoshlar, Xususan talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokama etilib, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, bu borada taʼlim muassasasi professor o‘qituvchilari, tyuterlar va profilaktika inspektorlari hamkorlikda ish tashkil etilishi kelishib olindi.
Shuningdek, ijarada yashovchi va talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rgangan holda, ularni dars mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, taʼlim muassasasida o‘tkazilib kelinayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalariga jalb etish yuzasidan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
Bundan tashqari taʼlim muassasasining jismoniy tarbiya, va Tarix fakultetlarida tahsil olayotgan, kelgusida IIOda ishlash istagini bildirgan talabalari orasidan “Qalqon guruhi” uchun 10 nafardan nomzodlar saralab olindi.
Bu boradagi uchrashuvlar viloyatning boshqa Oliy taʼlim muassasalarida ham davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati