Namangan viloyati IIB tomonidan 8 - mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
8 - mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilib kelayotgan ayollar uchun ham bayram tadbiri tashkil etildi. “Shodiyona” majmuasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va sektor raxbarlari ishtirok etib, ayollarni nafosat va go‘zallik bayrami bilan muborakbod etishdi.
Shundan so‘ng 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyrug‘i bilan rag‘batlantirilgan xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi MMI va KBT xizmati, Moliyaviy ta’minoti xizmati va Kasaba uyushmasi tomonidan, barcha tadbirga taklif etilganlarga boshqarma rahbariyatining esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir davomida yurtimizning taniqli honandalari tomonidan kuy-qo'shiqlar kuylandi. Bayramda barcha ayollarning kayfiyatlari ko'tarildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.