Namangan viloyati IIB TXTBning 6 oy yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda XTBda 2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni muhokama qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.M.Mirqurbonov xuzurida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni Namangan viloyati IIB XTB boshlig‘i podpolkovnik Y. I. Xidirov ochib, 2021 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, yarim yillikda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida sohaviy xizmat boshliqlari va boshqa mas'ullarning ham hisobotlari tinglandi. Shundan so‘ng keyingi chorak va yarim yillikda Namangan viloyati IIB Transportda XTBda jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan, ishlab chiqilgan yo‘l xaritalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.M.Mirqurbonov so‘z olib, bildirilgan takliflar hamda mulohazalarga nisbatan o‘zining tavsiyalarini berib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kerakli xulosa chiqarib, berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, fuqarolar xavfsizligi hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shu o‘rinda har bir ichki ishlar organi xodimining o‘zi xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi vatanga va xalqiga sadoqatli bo‘lishi lozimligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi. Yuqori va quyi tizim rahbarlariga, xodimlarning oilaviy sharoiti va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlarni tarbiyalashda ustoz-murabbiy an'analarini yanada keng tatbiq etishga alohida e'tibor qaratish zarurligini bildirdi. Keyingi yarim yillikda Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Transportda XTB xodimlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan tashkiliy tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalari yana bir bor sinchkovlik bilan ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha barcha ustuvor vazifalarni belgilab olgan holda ijroga qaratish lozimligi yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Namangan viloyati IIB TXTB