13 May 2023 yil 371

Namangan viloyati IIB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tomonidan "Ma'naviyat" oyligi doirasida “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazildi.

Viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari Agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi, Namangan viloyati Zakovat nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan viloyati ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat 14 ta jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Jamoalarning hozirjavobligi, izlanuvchanligi ularning yuksak salohiyatlaridan darakdir. Biroq, har bir kurash o‘zining g‘olib va mag‘lubiga ega. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinning yakuniy natijalariga ko'ra, uchinchi o‘rinni Chust tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi, ikkinchi o‘rinni IIV Namangan akademik litseyi jamoasi, birinchi o‘rinni Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.

G'oliblar qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi tadbirlar va uchrashuvlarning muntazam o‘tkazib borilishi turli sohalarda faoliyat yurituvchi xodimlarning bilim darajasini yuksaltirish barobarida ularning o‘zaro tajriba almashishlariga ham ko‘mak beradi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech