Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Pop tumani «Qo‘shminor» MFYda joylashgan bojxona nazorat o‘tkazish punkti faoliyatini o‘rgandi.
Xodimlar bilan muloqot mobaynida sohada joriy etilgan yangi axborot tizimlari va ularning imkoniyatlari shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Chegara bilan bog‘liq salbiy hodisalarni barvaqt oldini olishda IIB, Bojxona va chegara xizmati xodimlarining hamkorligini yana-da kuchaytirish lozimligini alohida taʼkidladi.
Shundan so‘ng tumanning chegara hududida joylashgan “Sohibkor” va “Qo‘shminor” MFYda bo‘lib, Mahalla beshligi bilan muloqot qildi. Suhbat davomida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, mahalla iqtisodiyotini rivojlantirish, ishsiz aholi bandligini taʼminlash, muammoli murojaatlarni hal etishda tizimli ish tashkil etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida o‘z takliflarini berdi.
Mahalladagi nizoli oilalar, jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoshlar bilan xonadonbay profilaktik va targ‘ibot ishlari olib borib mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarning tarbiyasida yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlar ko‘magidan foydalanish, ular ishtirokida uchrashuvlar, muhokama yig‘ilishlari o‘tkazib borish topshirig‘ini berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati