13 May 2023 yil 747

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limining joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynidagi xizmat faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari o‘rganish, fuqarolarning muammolarini bartaraf etish va sektorlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlari muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha o‘rganib chiqilib, bo‘lim rahbari, uning o‘rinbosarlari hamda masʼullarga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo'ymaslik yuzasidan topshiriqlar berildi. Tumandagi kriminogen vaziyat, olib borilgan tahlillar natijasidan kelib chiqqan holda kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda faollik ko‘rsatgan, xizmat intizomiga qatʼiy amal qilgan holda safdoshlariga namuna bo‘lgan bir guruh xodimlar viloyat IIB boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech