Namangan viloyati IIB boshlig‘i 3 sektor rahbari Shuxrat Aliyev Mingbuloq tumanidagi mahallalarga tashrif buyurdi.
Tumanning Mustaqillik, Oybek, Kichik Jomashuy, Qirqchek, Bozorboshi, To‘psada, Chordona MFYlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mahalla beshligi ish faoliyati bilan tanishildi. Faollarga fuqarolar ayniqsa yoshlar bilan xonodonbay ish tashkil qilish, ularni qiziqishlariga qarab kasb-hunarga o‘rgatish orqali ish bilan taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. Mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda profilaktika inspektorlari hamda kvadrat tizimiga biriktirilgan YPX inspektorlari bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbirkorlar uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ularga madadkor bo‘lish orqali mahalladagi ishsizlikni kamaytirish va qolgan fuqarolarni xam keng jalb qilishda bir yoqadan bosh chiqarib birgalikda ish tashkil kilish bugungi kunning asosiy talablaridan biri ekanligi tushuntirildi. Kichik Jomashuy MFYda yashovchi, ipak kurti yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Muxammadali Ergashevning xonadoniga tashrif buyurib, oilaviy tadbirkorlikning bu yo‘nalishida mahalladagi boshqa fuqarolarni ham faollikka chaqirildi.
Shuningdek, tadbirlar o‘tkaziladigan binolar sharoitini o‘rganib, masʼullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun lozim sharoitlarni yaratish borasida tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.