Namangan viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan “Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktikasini ta'minlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda soha faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida, Namangan viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan 2022 yil 27 aprel' kuni Namangan viloyati IIB YHXB binosi anjumanlar zalida “Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktikasini ta'minlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Tergov boshqarmasining mas'ul xodimlari ishtirok etib, OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollarini qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Uchrashuv davomida so‘nggi paytda avj nuqtasiga chiqqan jinoyat turlaridan biri bo‘lgan o‘g‘irlik jinoyati yuzasidan mas'ullar tomonidan yig‘ilganlarga ma'lumotlar berildi.
Hususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida ushbu turdagi jinoyat viloyatda 28taga yoki 11.3 foizga kamaygan, biroq bu jinoyat sodir etilish holati butunlay bartaraf etildi degani emas.
O‘g‘irlik jinoyatiing ortishida ko‘p hollarda jabrlanuvchilarning o‘zlari sharoit yaratib berishayotgani haqida mas'ullar aniq faktlar bilan ma'lumotlar berishdi. Misol uchun fuqarolarning o‘z mol-mulklariga bo‘lgan e'tiborsizligi, avtomashina va xonadonlarni qarovsiz, ochiq holda tashlab ketish, keng dalada hayvonlarni nazoratsiz qoldirish kabi holatlar yuqoridagi salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratayotgani aloxida ta'kidlab o‘tildi.
Tergov boshqarmasi mas'ul xodimining bergan ma'lumotiga ko‘ra, Namangan viloyati hududida trasnport vositasini olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar joriy yilning shu kuniga qadar 12ta sodir etilgan bo‘lib, ularning aksariyati 19-30 yoshdagi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Jinoyatlarning vaqti esa ko‘p hollarda kechki 18:00dan keyingi vaqtlarga to‘g‘ri keladi.
Anjuman davomida jurnalistlar Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida joriy etilayotgan yangiliklar bilan ham tanishishga muvaffaq bo‘lishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati