27 Aprel 2022 yil 436

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda soha faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida, Namangan viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan 2022 yil 27 aprel (chorshanba) kuni, soat 14:00da Namangan viloyati IIB YHXB binosi anjumanlar zalida “Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktikasini taʼminlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Unda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining masʼul xodimlar ishtirok etib, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradilar.

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech