25 Oktyabr 2021 yil
672
Namangan viloyati Ichki ishlar xodimlari sharaflandi
Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Adil Ataxodjaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni issiq izida fosh etish, tinchlik-osoyishtalikni ta'minlashga hissa qo‘shayotgan, fidoyilik namunasini ko‘rsatayotgan soha xodimlarining zahmatli mehnatlarini alohida e'tirof etdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati