1 Aprel 2022 yil 582

Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi katta majlislar zalida viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

 Unda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Rustambek Israilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dadaxanov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi HPB katta inspektori Jasur O‘roqov, tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limlari mudirlari, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘basi rahbarlari, maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda 2022 yilning 2 oyi davomida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan jinoyatchilik holatlari, viloyat IIB XPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, boshqarma boshlig‘ining 2022 yil 26 yanvardagi buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari, umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar hayoti va kamoli, o‘quvchilarning taʼlim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni ko‘rish, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, joylarda ichki ishlar va xalq taʼlimi bo‘limlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va maʼlumot almashinuvini mustahkamlash kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.

voyaga yetmaganlar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlil qilinib, kelgusida bu kabi holatlarni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida viloyat ichki ishlar va xalq taʼlimi boshqarmalarining o‘zaro hamkorlikdagi yo‘l xaritalarini ishlab chiqish, nazoratsiz qolgan o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qaytarish, profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish, profilaktika inspektorlari hamda inspektor-psixologlar bilan birgalikda tizimli ish tashkil qilish masalalari kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech