24 Iyun 2023 yil 719

Namangan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan Uychi tumani «Balandariq» va Chortoq tumani “Sarkor” mahallalari aholisi orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi

Dastlab yig‘ilish, Uychi tumanidagi 3-sektor shtabida o‘tkazilib, unda boshqarma sohaviy xizmat rahbarlari, Uychi tumani IIB boshlig‘i, mahalla beshligi va boshqa masʼullar ishtirok etishdi va «Balandariq» mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatning kelib chiqish omillari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida, Boshqarma boshlig‘i ushbu jinoyatning salbiy oqibatlariga to‘xtalib, masʼullarning faoliyatini tanqidiy baholadi.

Shundan so‘ng, muhokama yig‘ilish Chortoq tumanidagi “Sarkor” MFY binosida davom etib, ushbu mahallada ham sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilindi va mahalla beshligini hududda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdagi rolini yana-da oshirish lozimligini taʼkidladi.

 

Boshqarma boshlig‘i, kelgusida mahallani namunali hududlar safiga kiritish uchun har ikki mahalla beshligiga tegishli topshiriqlar berib, har bir oila, har bir fuqaro bilan individual tartibda ishlash, ularning yashash sharoitidan muntazam xabardor bo‘lish, ishsiz aholini doimiy bandligini taʼminlash borasida o‘z takliflarini berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech