Namangan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Olchin”, “Katta qo‘rg‘oncha” va “Sharq” mahallalari aholisi orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi
Muhokama yig‘ilishlari tumandagi “Olchin” MFYda boshlanib, unda boshqarma sohaviy xizmat rahbarlari, tuman IIB boshlig‘i, mahalla beshligi va boshqa masʼullar ishtirok etishdi hamda ushbu hududda sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.
Yig‘ilish “Katta qo‘rg‘oncha” va “Sharq” MFY binolarida ham davom etib, ushbu mahallalarda ham sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning sabablari o‘rganilib, mahalla beshligining faoliyati keskin tanqid qilindi.
Yig‘ilishlar yakuni bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i ushbu jinoyatlar sodir etilgan mahallalarda bu kabi holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mahalla beshligi aʼzolari o‘zaro hamkorlikda ish tashkil etib, hududda yashovchi aholining yashash sharoitidan muntazam xabardor bo‘lish va ularning doimiy bandligini taʼminlash borasida tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish lozimligini taʼkidladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati