Namangan tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Namangan tumani “Qumqo‘rg‘on” MFY Madaniyat saroyida tumanning “G‘ayrat” mahallasida sodir bo‘lgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov, viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tumandagi jinoyatchilik, kriminogen vaziyat va mahalla masʼullari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi qatʼiy tanqid ostiga olinib, mahalladagi har bir fuqaro ogohlikka chaqirildi. Diniy idora vakillari va yoshi ulug‘ ko‘chaboshilar so‘zga chiqib, tarbiya va hamjihatlik borasida o‘z fikrlarini bildirdilar. Yig‘ilishda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash hamda mahallalarni jinoyatdan xoli hududlarga aylantirish yuzasidan barcha rahbarlarga vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati