19 Avgust 2025 yil 52

Namangan tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalar va IIB faoliyati o‘rganildi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini samarali tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganilmoqda.

Jumladan, boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh hamda tuman hokimi ishtirokida Namangan tumanining “Katta Toshbuloq” va “Urganji” mahallalarida bo‘lib, hududlardagi kriminogen vaziyat o‘rganildi. Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati tahlil qilindi. Ularga kasbiy mahorat va xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, qo‘riqlash xizmati xodimlarining jangovar shayligi tekshirilib, xizmat intizomi va tayyorgarlik darajasi ko‘rib chiqildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech