18 Aprel 2023 yil 695

Namangan tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili amalda

Namangan tumani hokimligi binosida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror mazmun mohiyati tushuntirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i hamda masʼullar tomonidan MFYlarda faoliyat olib borayotgan beshlik aʼzolariga xizmat vazifalaridan kelib chiqqan xolda belgilangan vazifalari haqida maʼlumot berilib, qarorning hamkorlikda ishlash mexanizmi tushuntirildi. Masʼullarga mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab berildi. Oila-turmush doirasidagi hamda xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, notinch va nizoli oilalar bilan ishlab, ularni yarashtirish choralarini ko‘rish, maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, alohida nazoratga olingan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni jadallashtirish bo‘yicha vaziflar ijrosi borasida kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech