Namangan tumani IIB xodimlarining aholi osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi tungi faoliyati o‘rganildi
Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari hamda sohaviy xizmatlarning faoliyati muntazam ravishda o‘rganilib, xodimlarning tungi xizmatni samarali tashkil etish darajasi tahlil qilinmoqda. Shu jarayonda xizmat sifatini yanada oshirish, jamoat tartibi va aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan aniq topshiriqlar berilmoqda.
Boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari Namangan tumanida davom ettirildi. Unda “Shamsiko‘l”, “Sho‘rqo‘rg‘on”, “Ko‘l bo‘yi”, “Oqyer”, “Kaykovus”, “Qo‘rg‘oncha”, “Qurama”, “Eshobod”, “Qumqo‘rg‘on” va “G‘ayrat” mahallalari hududida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mazkur hududlarda xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash xizmati xodimlarining jangovar shayligi amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida xizmatga jalb etilgan xodimlarga xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish, aholining tinchligi va mahalla hududlarida xavfsiz muhitni taʼminlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi “Al-Xorazmiy” nomli xususiy taʼlim muassasasida o‘quvchilarning xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari, taʼlim jarayonlari va o‘quvchilar yotoqxonasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishda “Oila–mahalla–taʼlim muassasasi” tamoyili asosida manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha masʼul rahbarlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati