Namangan tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Assalomu aleykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Joriy yilda, tuman hududida jamoat
havfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar koʻrildi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonilaridan
respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni
barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunda ichki ishlar
organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Bugungi kunda tuman hududidagi
jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, koʻrilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha
qichqacha axborot bersam.
Tuman hududida jinoyatchilikka
qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan
chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar -19,4 foizga
(31 tadan 25 taga -6 ta),
-mahalla hududida oldini olish mumkin
boʻlgan jinoyatlar esa -33,3 foizga (18 tadan 12 taga, -6 ta) kamaygan.
-aniqlanadigan jinoyatlar +100,0
foizga (14 tadan
28 taga, +14 ta) koʻp aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo
muqarrarligi taʼminlandi.
Tumanimizdagi 53 ta
mahallalardan 42 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi,
8 ta mahalla sariq, 3 ta mahalla qizil toifaga kiritildi.
Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishi
boʻyicha:
Soʻngi yillarda mahallalarda
jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish
masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.
Mahallalarda mavjud muammolarning
joyida manzilli hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga
qoʻyildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan
huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan
4124 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi
tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.
Mahalla faollari tomonidan
106 nafar shaxslar muammolarini ijobiy hal etildi.
Jumladan,
- 22 nafar shaxslarning bandligi
taʼminlandi,
-17 ta ajrim yoqasidagi nizoli
oilalar yarashtirildi,
-9 nafar ogʻir ahvoldagi ayollarga
yordamlar koʻrsatildi,
-11 nafar tazyiq va zoʻravonlikka
uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi,
-1 nafar jazoni ijro etish
muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar ijtimoiy moslashtirildi,
-12 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga
yoʻnaltirildi,
-2 nafar koʻmakka muhtoj ogʻir
toifadagi yoshlarning muammolari hal etildi,
-13 nafar huquqbuzarlik sodir etishga
moyil yoshlar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi,
-1 nafar tibbiyot muassasalari
hisobida turuvchi shaxslar sogʻlom hayotga qaytarildi,
-26 ta ogʻir ahvoldagi oilalarga
kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi,
-16 nafar keksa va yolgʻiz yashovchi
shaxslarga tibbiy yordamlar koʻrsatildi,
-15 nafar nogironlarga ijtimoiy,
tibbiy va boshqa yordamlar koʻrsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.
Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik
tadbirlari amalga oshirilishi oʻzining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir
etilishini oldini olishga samarali xizmat qilmoqda.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Jinoyatlarning eng koʻp sodir
etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga toʻhtalib oʻtsam.
Oʻgʻirlik jinoyati boʻyicha:
Joriy yilda tuman hududida 3 ta
oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etildi.
Mazkur jinoyatlar tahlil
qilganimizda,
-1 tasi xonadonda,
-1 tasi velosiped oʻgʻirligi,
-1 tasi boshqa turdagi oʻgʻirliklarni
tashkil qilgan.
Bundan koʻrinmoqdaki, oʻgʻirlik
jinoyatini kelib chiqishiga oʻzimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy
mulklarimizga ehtiyot boʻlmay harakatlanishimiz oqibatida jinoyatchilarga zamin
yaratib berilayotganli koʻrinmoqda.
Firibgarlik jinoyati boʻyicha:
Joriy yilda tuman hududida 3 ta
firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.
Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham
fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishi, “oʻzaro lavz”, “oʻzaro
ishonch”, “tanish-bilish” tushunchalari asosida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga
kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.
Yuqoridagi holatlardan koʻrinmoqdagi,
fuqarolarimizning oʻzlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar.
Yana bir muhim jihatga eʼtibor
qaratadigan boʻlsak, jamoat joylarida fuqarolar sovuq qurolni olib yurish
holatlari koʻplab uchramoqda.
Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbirlar
jarayonida 46 ta holatlarda fuqarolar tigʻli jismlarni yonlarida olib
yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar koʻrilgan.
Shu oʻrinda, sovuq qurol sifatida
foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib
yurish, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi
(1852) moddalarida taqiqlangan.
Giyohvandlik boʻyicha
Yana bir muhim masalalardan biri
giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomulasi bilan bogʻliq
jinoyatlardir.
Tuman hamkor tashkilotlari bilan
birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng
tarqalishini oldini olish boʻyicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
Oʻtgan davr mobaynida olib borilgan
tadbirlar jarayonida 12 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 31,0 gr.dan ortiq
giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.
Mazkur holatlar boʻyicha 12 nafar
shaxslarning javobgarlik masalasi koʻrib
chiqildi.
Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik
illati bilan aksariyat yoshlarimiz shugʻullanmoqda.
Albatta bir narsani unutmasligimiz
kerak, talab boʻlmasa taklif ham boʻlmaydi.
Barchamiz bunga masʼul boʻlib,
jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini olish bilan shugʻullanmasak, kelajak
avlod taqdiriga befarq boʻlgan boʻlamiz.
Bu illatga qarshi barchamiz
birgalikda kurashimiz shart va lozim deb hisoblayman.
Kiber jinoyati boʻyicha:
Soʻnggi vaqtlarda butun dunyoda, shu
jumladan yurtimizda ham Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan
jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.
Bu turdagi jinoyatlarning oʻziga xos
murakkab tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va
masofa toʻsqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa fursatda oʻnlab, hatto yuzlab
fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantirib qoʻyishi mumkin.
Joriy yilda ushbu yoʻnalishdagi
jinoyatlar umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 54,3 foizini (25 ta) tashkil
etmoqda.
Ushbu jinoyatlarning asosiy
salmogʻini (100,0%) oʻgʻrilik
(25 tadan 13 ta, 52,0 %) va firibgarlik (25 tadan 12 ta,
48,0 %) orqali sodir etilgan.
Achinarlisi, aksariyat holatlarda
fuqarolarning oʻzlari firibgarlarga osongina aldanib qolib, plastik karta
kodini oddiy holda aytib qoʻyish orqali firibgarlarga topshirib qoʻymoqdalar.
Shu oʻrinda, ayrim fuqarolarimiz,
ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida
boʻlayotganliklari ham tashvishli holdir.
Buning oqibatida oʻzlari jinoyat
qurboniga aylanmoqdalar.
Hurmatli fuqarolar, plastik karta
raqamini jinoyatchining aldoviga kirib oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz,
tezroq boylik orttirishga boʻlgan qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning
salmogʻini keskin ortib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini
olishda,
-birinchidan, plastik karta
raqamlarini oshkor qilmaslik,
-ikkinchidan, shartnomalarni
faqatgina notarial tartibida amalga oshirish,
-uchinchidan, telefon orqali aloqaga
chiqqan har qanday shaxsning soʻziga ishonmaslik lozim boʻladi.
Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha:
Yoʻllarda harakat xavfsizligini
taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 3 oyi davomida tumanda 3 ta yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan.
Yoʻl-transport hodisalarining oldini
olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʻl infratuzilmasini
yaxshilash choralari koʻrildi, muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib
borildi.
Lekin, bugungi kunda haydovchilik
madaniyatini yetarli deb boʻlmaydi.
Ayrim haydovchilar yoʻl harakati
qoidalariga amal qilmasliklari, mensimasdan transport vositalarini
boshqarishlari, ayrim hollarda esa ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan
farzandlariga transport vositasini boshqarishlariga imkon berayotganliklari
ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.
Oʻtgan 3 oyda 2610 ta qoidabuzarliklar
aniqlangan boʻlib, uning 1225 tasi qoʻpol qoidabuzarlikni tashkil qilgan
boʻlsa, 25 ta mast holda transport vositasini boshqarish holatlarini tashkil
qilgan.
Aniqlangan 25 ta mastlik holati, bu
shuncha yoʻl-transport xodisasini oldi olingan desam, hech mubolagʻa boʻlmaydi.
Aziz tumanimiz fuqarolari, yuqorida
yoʻl – taransport hodisalari boʻyicha birqancha jiddiy masalalar aytib oʻtildi,
albatta barchamiz haydovchilik hurmatini saqlagan holda, qoidalarga itoat qilib
harakatlansak, hech qanday koʻngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga oʻzimizni
hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.
Voyaga yetmaganlar boʻyicha:
Voyaga yetmaganlarni barkamol inson
boʻlib tarbiyalanishlari, davlatimiz siyosatining eng muxim ustuvor
yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Oʻtgan davr mobaynida taʼlim
muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Lekin, olib borilayotgan ishlar
samaradorligi yetarli darajada boʻlmaganligi bois, voyaga yetmaganlar tomonidan
jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelinmoqda.
Jumladan:
3 oy mobaynida 3 nafar (3/3)
voyaga yetmaganlar tomonidan 3 ta (3/3) jinoyatlar sodir etilganligi
albatta tashvishli holdir.
Ular tomonidan,
-1 ta transport vositasini olib
qochish,
-1 ta ogʻir tan jarohat yetkazish,
-4 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir
etilgan.
Aksariyat oʻquvchilar oʻzlari bilan
birga tigʻli jismlarni olib yurishni odat qilib olganlar.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida
oʻquvchilardan 9 dona oʻtkir tigʻli buyumlar olingan.
Oʻquvchilarni nazorat qilinmasligi
oqibatida dars mashgʻulotlariga qatnashmaslik holatlariga yoʻl qoʻyib
kelinayotganligi “Davomat” tadbirlarida maʼlum boʻlgan.
Masalan:
Oʻtgan davr mobaynida 244 nafar
oʻquvchilar darslarga kechikib kelganligi, 97 nafar oʻquvchilar darsdan ketib
qolganligi, 669 nafar oʻquvchilar maktabga kelmaganliklari aniqlandi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil
18-mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan taʼlim
muassasalarida oʻquvchilar bilan “Maktab
– mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy etildi,
oʻquvchilar oʻrtasida qonunbuzilish
va boshqa koʻrinishdagi hulq ogʻishlariga qarshi immunitetni shakllantirish,
psixologik ishlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarda Vatanga sadoqat
hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish,
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish kabi vazifalar yuklatildi.
Yoshlar boʻyicha:
Joriy yilda yoshlar tomonidan
6 ta jinoyatlar sodir etilgan.
Yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir
etilishi tashvishli holdir. Ular tomonidan,
-2 ta Diniy mazmundagi material
tarqatish,
-1 ta Qimorxona tashkil etish,
-3 ta giyoxvandlik,
Yoshlar masalasiga masʼul boʻlgan
tashkilotlar, mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari, yoshlar jinoyati
masalasiga jiddiy eʼtibor berib, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlab,
bartaraf etib, oilalardagi maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, bunda
ota-onalarning masuʼliyatini oshirishlari muhim deb hisoblayman.
Yoshlar, kelajak poydevori
tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va orzularini roʻyobga chiqarishga
barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligmiz zarur.
Aziz tumanimiz fuqarolari,
Tuman hududida jinoyatchilikka
qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki
butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiblik boʻlsak, tuman
hududida jamoat xafsizligi ishonchi taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit
yaratiladi, bu bilan oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz.
Namangan tumani IIB boshligʻi A.Ubaydullayev