Namangan tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram
Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli
koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda
yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin
oʻsib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham
boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz
ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining kafolati sifatida
mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka
qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor
yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu
islohotlarning samarasi barcha sohalarda
qonun talablariga soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi
illatning oldini olishga
bevosita bogʻliqdir.
Aziz Namangan
tuman ahli!
Oʻzbek
vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi,
barcha - barcha, Oʻzbekistonimizda tinch va osuda, munosib
hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va
tahdidlardan kafolatli himoyalangan boʻlishi shart.
Qonun
ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi
Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday
umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Namangan
tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir koʻrsatadi, uning
oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz
kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini
taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab
va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois,
tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat bogʻida, jamoat
joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.
Qadrli
yurtdoshlar!
Biz
jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.
Prezidentimizning
2025-yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada
oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning
sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni
kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti,
“ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali
profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish
borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga
muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning
erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi
mexanizm joriy etildi, mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo
muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi
doirasida tumandagi jami 53 ta mahallaning kriminogen vaziyati ogʻir 6 tasiga
masʼul rahbarlar nomma - nom biriktirilgan.
Barcha tuman
va mahallalarning choraklik manzilli chora - tadbirlar “yoʻl
xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl
xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga
112 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 3600 gradus aylanuvchi 3 ta,
mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga 46 ta,
bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 2 ta,
jami boʻlib 186 ga yaqin kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 10 dan
ortiq domofonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 11 dan ortiq tashvish tugmalari
oʻrnatildi, 25 ta savdo muassasalari va qariyb 209 ta xonadonlar tezkor
qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda
fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt
qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 300 ga yaqin stikerlar
joylashtirildi, mahallalarda 20 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 53 ta
“namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 146 ta
yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu
natija beryapti.
Misol uchun,
yil boshidan beri tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida qochuvda yurgan 3
nafar, jazodan boʻyin tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 1 nafar jinoyatchilar
hamda olib qochilgan 2 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek, bedarak
yoʻqolgan 2 nafar shaxslar topilib, 6 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga
oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 6 ta mahallalarning 5 tasida kriminogen
vaziyat saqlanmoqda.
Davlat
rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni
oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni yoʻlga qoʻydik.
Bunda,
kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 25 ta oldini
olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror
taʼsir choralari qoʻllanildi.
Eʼtibor
berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun
qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda
sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun
yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda
jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha
kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada
viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar 53
ta mahallalarga nomma – nom biriktirildi.
Har bir
sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqilib, tarqatildi.
Endilikda,
biriktirilgan xodimlarimiz jinoyat larning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda amaliy tadbirlarni
ham oʻtkazadi.
Biz endilikda
muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan
yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi
eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki
bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi,
jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy
nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning
oʻtgan 1-choragida 30 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 428 nafar shaxslarning
buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq eʼtibor berishi
lozim boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy
omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan
rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq
pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini
ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi
vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham
bunga yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik
va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet
ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli
holdir.
Soʻnggi
vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari
duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot
uchun, tumandagi jinoyatlarning 50,5 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi
jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida
birgina plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan
51 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Kiber makonda
sodir etilgan jinoyatlarning 17 tasi yoki
31,5 foizi firibgarlik hamda 34 tasi yoki 63 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi
yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday
jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu sababli, aholimizdan
firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali
kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini hamda bank
kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir
saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz
tumandoshlar!
Shu oʻrinda,
kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida
ham gapirmoqchiman.
Aytish
kerakki, yilning dastlabki 3 oyi yakuniga koʻra, yoshlar (15-9), ayollar (4-2),
ishsizlar (4-3), guruhlar (5-3) jinoyatini kamaytirishga erishgan boʻlsak-da,
voyaga yetmaganlar (3-23) jinoyati teng koʻrsatgichda qolgan, muqaddam
sudlanganlar (2-3) va masst holda sodir etilganlar (0-2) jinoyati esa biroz oshgan.
Xususan, oila
va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga
oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli
notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish
boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada,
oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda 273 ta
ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal
qilish boʻyicha 224 ta choralar koʻrildi.
Bulardan
tashqari, 2.900 nafar ishsizlardan 1.575 nafari ishga joylashtirildi, 570
nafari kasbga oʻqitildi, 361 nafari esa, kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu
jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda
qolmadi.
Ularning 2
nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafarining bandligi taʼminlandi, 5 nafarining
ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar
oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha
birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat
uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning sabab va omillarini
koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi,
voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim
va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va
oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi
kuchaytirildi.
Taʼlim
muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tigʻ va reyd)
tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 57 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi
29 nafar, tarbiyasi ogʻir 81 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning 148 nafari
maktablarga qaytarildi.
Qolaversa,
hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramogʻidan mahrum
boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 28 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha
va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni
taʼminlovchi 14 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan
yana bittasi, bu voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir boʻlayotgan
yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish
bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga
qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 40 ta holatda (2023-y. 18 ta, 2024-y. 16 ta,
2025-y. 6 ta) voyaga yetmaganlar transport vositalarini olib qochib,
yoʻl - transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman
olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning oʻzida voyaga
yetmaganlarning 2 nafari ogʻir tan jarohati olgan.
Shuning uchun
biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli
ota-onalar!
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron boʻlib qolmasliklari
uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida eʼtibor
qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli
fuqarolar!
Korrupsiyaga
qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir
emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli,
korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida qatʼiy murosasiz
kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Namangan axlidan
oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha
tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart oyining oʻzida
yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat koʻrsatish, idoralarning boshqaruv
tartibini yaxshilash bilan bogliq 15 ta takliflar ishlab chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp
masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz.
Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning
sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun,
har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga
eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor
fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay”
ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik
va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik
muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni
bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz
hamyurtlar!
Jinoyatlarga
qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har
qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan
aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni
oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir
etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan
masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi
bilan yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana
bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatninghar qanday koʻrinishiga tezkor
ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning
muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz
jinoyatdan holi yangi Oʻzbekiston uchun birlashaylik!
Namangan tuman prokurori X.Shuxratjonov