25 Mart 2021 yil 228

Namangan shahrida yashovchi fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumanida narkotik bilan qo‘lga tushdi.

Joriy yil 23 mart kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida Shaxidon MFY hududida joylashgan “Shaxidon” hayvon bozorida xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qo‘lidagi sumkasi ichida bo‘lgan shimining old cho‘ntagidan oq rangli polietilen paketga o‘ralgan, qoramtir rangli, o‘tkir xidli, modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,31 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech