Namangan shahrida xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 17-avgust kuni Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB, Namangan shahar hokimligi, Namangan shahar prokuraturasi, Namangan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda 3-sektor hududida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan shahar hududida joylashgan 15 ta korxona tashkilotlari vakillari o‘zlaridagi mavjud 1459 ta bo‘sh o‘rinlari bilan ishtirok etishib, ishsiz ayollarni bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan ayollarga 2023-yil 11- aprel kunidagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni bo‘yicha Kodeksga kiritilgan yangi moddalar, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida tushunchalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati