14 Mart 2021 yil 380

Namangan shahar 3-sektor rahbari tashabbusi bilan sektor hududida umumxalq xayriya xashari o‘tkazildi.

Namangan shahar 3-sektor rahbari tashabbusi bilan sektor hududida joylashgan mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini jadallashtirish maqsadida, sektor hududida “Ko‘chat ekish” hayriya xashari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan xashar doirasida jami 347 ta ko‘chatlar, shundan 220 tasi mevali ko‘chatlar hamda 127 ta manzarali (archa, sasna va boshqa) ko‘chatlar sektor hududida yashovchi yakka-yolg‘iz yashovchilar, “temir daftar”ga ro‘yxatga olinganlar hamda IIO profilaktik hisobida turgan shaxslarning yashash xonadonlari va sektor rahbari tomonidan “otaliqqa” olingan 27-sonli umumta’lim maktabi hovlisiga ekildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech