8 Mart 2022 yil 397

Namangan “SAHOVAT” keksalar va nogirinligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan ayollarni “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda bir guruh IIB hodimlari bayram bilan tabriklashdi.

Namangan viloyati Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi Namangan “SAHOVAT” keksalar va nogirinligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan ayollarni “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tabriklash maqsadida Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda bir guruh IIB hodimlari Namangan “SAHOVAT” keksalar va nogirinligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyiga borishdi.

O‘zbek xalqi yaqinlarga bo‘lgan mehr oqibati, mehmondo‘stligi milliy urf-odatlari bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Ayniqsa bayram arafalarida nafaqat yaqinlar balki keksalar, mehrga zor insonlar holidan habar olish ham millatimizga hos bo‘lgan an'analardan biridir. IIB hodimlari ham Namangan “SAHOVAT” keksalar va nogirinligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyidagi ayollarning duolarini olib ular bilan samimiy suhbat qurishdi. So‘ngra ularga Namangan viloyati IIB tomonidan bayram sovg‘alari taqdim etildi. Kichik e'tibordan boshi ko‘kka yetgan keksalarimiz yurtimiz tinch, bayramlar ko‘p bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochishdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech