16 Mart 2021 yil 403

“Namangan” muntazam YPH maskanida yo‘lovchining yonidan giyohvand modda chiqdi.

Joriy yil 9 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, Pop tumanida joylashgan “Namangan” YPH maskanida “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, ushbu transport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqarodan yonida bo‘lgan ashyolarni taqdim etishi so‘ralganida, u egnidagi qora rangli kurtkasining ichki o‘ng va ichki chap cho‘ntaklaridan bir dona oq rangli sellofanga va bir dona qora rangli sellofanga skotchlab o‘ralgan jami 2 dona ovalsimon shakldagi o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli, giyohvand moddaga o‘xshash moddalarni ixtiyoriy ravishda taqdim etgan, shundan so‘ng, mazkur moddalar tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning 2021 yil 10 mart kungi xulosasida, ushbu moddalarni sof og‘irligi 392,48 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan 2021 yil 10 mart kuni O‘z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech