7 May 2025 yil 279

Namangan YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 29 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Pop tumani Ichki ishlar bo‘limi 1-sonli IIB tomonidan, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida harakatlanib ketayotgan, Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, fuqaro N.X o‘zining yonida sof og‘irligi 4,97 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganlini aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech