7 May 2025 yil 298

Namangan YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvand modda aniqlandi

Joriy yilning 28 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Pop tuman Ichki ishlar bo‘limi 1-son IIB xodimlari tomonidan, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida, Farg‘ona viloyati Quva shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro K.F o‘zining yonidagi “REDMI-10S” rusumli telefon apparatining charm g‘ilofida 0,42 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech