16 Iyul 2025 yil 421

Namangan YPX maskanida harakatlanayotgan avtomashidan giyohvand modda aniqlandi

Joriy yilning 21-iyun kuni, Pop tumani IIB xodimlari tomonidan Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro M.A boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan, fuqaro E.Mning yoni xolislar ishtirokida tekshirilganida sof og‘irligi 0,92 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech