“Namangan” YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 2-iyun kuni Pop tumani IIB va IIV JXD YHXX Qamchiq davoni YPXO ikkinchi safarbarlik guruhi xodimlari tomonidan, Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan” YPX nazorat o‘tkazish maskanida, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan, fuqaro V.Qning boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinani tekshirib ko‘rish uchun to‘xtatilganida, avtomashinaning oldi chap tomon eshik qismida sof og‘irligi 44,12 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati