11 Iyul 2025 yil 191

“Namangan” YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 28-iyun kuni Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan” muntazam YPX maskanida, Pop tumani IIB va IIV JXD YHXX xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro Sh.M boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan, fuqaro O.Xning yonida bo‘lgan sumkasi ichida sof og‘irligi 13,77 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech