“Namangan” YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatilib qolindi
Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat IIB va IIV JXD YHXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan” muntazam YPX maskanida, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, fuqaro D.X boshqaruvidagi “Traker” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchining egnidagi ichki kiyimida 12 dona sof og‘irligi 5,03 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati