25 Iyul 2025 yil 251

“Namangan” YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 7-iyul kuni Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida joylashgan “Namangan” muntazam YPX maskanida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida ketayotgan, fuqaro X.N boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinani to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchi o‘rindig‘i orqa qismida cho‘ntagidan, shu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Sga tegishli sof og‘irligi 2,45 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech