“Namangan” YPX maskanida psixotrop moddalar to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 13-iyul kuni, Pop tumani Qamchiq dovonida joylashgan «Namangan muntazam YPX» maskanida xizmat olib borayotgan viloyat IIB xodimlari tomonidan “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro Y.O boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan I.N. sumkasidan 35 dona flakonda “Tropikamid” va 53 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati