1 Avgust 2025 yil 387

"Namangan" YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 8-iyun kuni Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida joylashgan "Namangan" muntazam YPX maskanida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida xarakatlanib ketayotgan, fuqaro S.I boshqaruvidagi "Treker" rusumli avtomashinani to‘xtatilib tekshirilganida, shu avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Pop tuman Uyg'ur MFYda yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan, fuqaro G'.Pni yonidan sof og‘irligi 1,22 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech