22 Aprel 2025 yil 73

“Namangan” YPX maskanida "Gashish" giyohvand moddasi to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 21-aprel kuni kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, viloyat IIB va YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan Toshkent viloyatida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan M.S boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, ushbu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi Olmaliq shahrida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan X.Sh yonida 10,35 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborort xizmati

Text to speech