“Namangan” YPX masanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 22-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Pop tumani IIB xodimlari tomonidan, Pop tumani “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan YPX” muntazam nazorat maskanida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Monza” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan, fuqaro I.Ening yonidan 3 dona “Lirika” nomli psixatrop tabletkasi va oq rangli poletilin paketga o‘ralgan sof og‘irligi 0,43 gramm “Opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati