Namangan davlat universitetida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida oliy taʼlim qamrovida bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat turlari, ularga sabab bo‘layotgan omillar hamda jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamkorlik masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ish bilan taʼminlash muammoning asosiy yechimi ekanligi taʼkidlandi. Namangan davlat universiteti misolida talabalarga yaratilayotgan sharoitlardan to‘laqonli foydalanilmayotganligi ular ishtirokidagi jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab sifatida ko‘rsatildi.
Uchrashuv so‘ngida viloyat IIB va universitet o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatish, bu orqali esa sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy vaziyatlarni oldini olishga kelishib olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati